Bitim 80 million yevroga baholanyapti, deb xabar beradi HLN.
Usmonovdan tashqari, belgiyalik tadbirkorlar Pol Geyzens va Vouter Vandenxaute ham klub aksiyalariga qiziqish bildirgan.
Hozircha, klub rahbariyati aksiyalarni kimga sotish haqida bir qarorga kelmagan.
Ayni paytda, Usmonov «Arsenal» klubining 30% aksiyasiga egalik qiladi. Geyzens esa belgiyaning yana bir klubi - «Antverpen»ga xo‘jayinlik qiladi. Bu uning «Anderlext» aksiyalarini qo‘lga kiritishi yo‘lida g‘ov bo‘lishi mumkin.











