Oq avtomobil xuddi pontifikning libosi kabi tilla bilan bezatilgan.

Frantsisk sovg‘adan bosh tortdi hamda superkar auksionda sotiladigan bo‘ldi, olingan mablag‘lar esa xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.

Rim papasi mashinaning kapotida dastxat qoldirdi hamda uni «kim oshdi» savdosi uyiga topshirdi.

Kutilishicha, maxsus ishlab chiqarilgan sport avtomobili Italiyadagi chakana narxidan ko‘ra (200 ming yevro) ancha qimmatroqqa sotiladi.