"Livan prezidenti Mishel Aunga yana bir bor murojaat qilmoqchiman. Menda hammasi yaxshi, hamda men, va'da berganimdek, Livanga qaytib kelaman", - deya Haririyning so‘zlarini keltiradi Al Arabiya.

Shu kuni Livan OAV vakillari oldida chiqish qilgan Livan prezidenti Mishel Aun esa “hukumat bosh vazir ozod etilishiga erishish uchun barcha kerakli choralarni ko‘rishi, hamda bu masala bo‘yicha arab va xorijiy davlatlar bilan muloqotga kirishgani” haqida ma'lum qildi.

"Bugun Saad Haririyning iste'fosi bilan yuz bergan narsa – bu inson huquqlarining buzilishi. U asirda qolmoqda. Biz Saudiya Arabistonining harakatlarini Livanga qarshi tajovuzkorlik akti sifatida baholaymiz", - deya aytib o‘tdi Aun.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Saudiyada majburan ushlab turilgani aytilayotgan Saad Haririy bayonot bergandi.