Qualcomm direktorlar kengashi bir ovozdan taklifni rad etishga qaror qildi. Kompaniyaning izoh berishicha, Broadcom «kompaniyaning yetakchilik o‘rnini va uning o‘sish istiqbollarini yetarli baholamagan». Shunga qaramay, ushbu bitim amalga oshganida mikroelektronika sohasidagi eng yirik kelishuv bo‘lishi mumkin edi. 

Dunyoda mikrosxemalar ishlab chiqarish bo‘yicha 4-o‘rinda boruvchi Broadcom Qualcomm kompaniyasining har bir aksiyasiga 70 dollardan to‘lashga tayyor ekanini bildirgan edi. Umuman olganda Broadcom taklifini mikrosxemalar bozorida o‘z ulushini ko‘paytirishga urinish, deb baholash mumkin. 

Bugungi kunda Qualcomm o‘zining yirik xaridori Apple korporatsiyasi bilan kelishmay qolgani sababli moliyaviy qiyin vaziyatga tushib qolgan. Kompaniyalar birlashganida Intel  va Samsung kompaniyalaridan keyingi uchinchi yirik kompaniyaga aylanar edi.