The Sunday Times xabariga ko‘ra, konservatorlardan bo‘lgan 40 deputat uning iste'fosi tarafdori, bosh vazirni lavozimdan chetlatish jarayonini boshlash uchun yana 8 ovoz kerak bo‘ladi.

Bundan avvalroq Britaniya hukumati qirollik Yevropa ittifoqidan ajralib chiqishi jarayoni 2019 yilning 29 martida boshlanishi haqida ma'lum qilgandi.

Oktyabr oyida Tereza Mey va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker breksit bo‘yicha kelishuvlarni zudlik bilan «faollashtirish» masalasini muhokama qilishgandi.