Kompaniya Reddit foydalanuvchisi bu muammo yuzasidan shikoyat qilgandan keyin ushbu vaziyatga izoh bergan. Qolgan foydalanuvchilar ham ushbu muammoning mavjudligini ma'lum qilishgan. 

“Biz iPhone X ekrani sovuq muhitga keskin o‘tilganda sensori ishlamay qolishi holatlaridan xabarimiz bor. Sensor bir necha soniyadan keyin yana ishlab ketadi. Bu muammo smartfonning keyingi yangilanishi vaqtida hal qilinadi”, deb aytilgan kompaniyada.

Apple noyabr boshida iPhone X ekrani kuyib, qorayib ketishidan ogohlantirgandi. Bu muammo ekranda uzoq vaqt o‘ta kontrast yorqin surat ochiq bo‘lganda vujudga keladi.