Solo Portugaliyaning Expresso nashriga bergan intervyusida ushbu voqea 2013 yil “Oltin to‘p” topshirilishi marosimida yuz berganini so‘zlab bergan.

36 yoshli futbolchining aytishicha, u sahnaga chiqishidan oldin Blatter unga nisbatan qo‘llarini “yugurdak qilgan”.  

Solo yilning eng yaxshi ayol futbolchisi uchun mukofotni hamyurti Ebbi Uombaxga topshirayotganda Blatter uning yonida turgan.

81 yoshli Blatterning vakili Solo tomondan bildirilayotgan ayblovlarni bema'ni deb atagan, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.