Manba bergan xabarga ko‘ra, bu ikki sportchi qishki Olimpiada o‘yinlarida o‘z mamlakati sharafini himoya qiladigan dastlabki sportchilar sifatida tarixga kiradi.

«Biz mamlakatimizni yangicha tarafdan ko‘z-ko‘z qilishni istaymiz. Butun dunyoga Afg‘oniston – bu faqat urush degani, emasligini isbotlamoqchimiz», – deya Husainiydan iqtibos keltiradi insidethegames.biz.

Bungacha Afg‘oniston vakillari 13 marotaba yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishgan. Mamlakat sportchilari  hisobida shu kungacha barcha olimpiadalarda qo‘lga kiritilgan ikkita bronza medali mavjud va ularning ikkalasini ham ular taekvondo sporti turi orqali qo‘lga kiritishgan.