Manba ma'lumotlariga ko‘ra, ikki gumonlanuvchi 9 oktabrda Amasya shahrida ushlanib, so‘ngra Istanbulga olib kelingan. Ularga mamlakatni tark etish taqiqlab qo‘yildi, shuningdek, ular haftada bir marta politsiyada qayd qilinib turishlari kerak.
Konsullik xodimi ham prokuratura tomondan AQShning Istanbuldagi bosh konsulligining boshqa bir xodimi Metin Topuz hibsga olingandan keyin so‘roq qilingan. Topuz hibsga olingandan keyin AQSh elchixonasi 8 oktabrdan turk fuqarolariga noimmigratsion vizalar berishni to‘xtatgan.
AQShning Turkiyadagi elchisi Jon Bass bosh konsullik xodimining hibsga olinishini Turkiya rahbariyatining o‘ch olishi deb ta'riflagan va sud idoralari xolis bo‘lmasliklari mumkinligini aytgan. Turkiya prezidenti esa bunga javoban AQSh diplomatik missiyalarida Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishga aloqador shaxslar yashirinayotganini aytgan.










