Yong‘inlar natijasida halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi, ulardan 20 nafari Sonom okrugi yong‘inlari natijasida qurbon bo‘lgan. Reuters agentligi mahalliy hukumat vakillariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"Darhaqiqat, bu Kaliforniya boshidan o‘tkazgan eng katta fojialardan biridir. Yong‘inlar qamrovi juda katta. Bunday dahshatni hatto tasavvur qilish ham qiyin", - dedi shtat gubernatori Jyerri Braun San-Frantsisko shimolidan 80 km narida joylashgan Santa-Rosa shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida.
17 yong‘in o‘chog‘ini hanuz o‘chirishning uddasidan chiqa olishmadi. Yong‘inlarni o‘chirish jarayonlarida o‘n shtatning 10 mingdan ziyod o‘t o‘chiruvchisi ishtirok etmoqda, ularga Kanada va Avstraliyadan kelgan hamkasblari yordam berishmoqda.











