Kompaniya bosh direktori Marko Bizzarrining London moda kollejida qilgan nutqida aytishicha, 2018 yilgi bahor/yoz mavsumi uchun to‘plamlarda hayvonlar mo‘ynalaridan tayyorlangan liboslar bo‘lmaydi. Uning qayd etishicha, bu qaror "ekologik jihatni kompaniya biznesining ajralmas qismiga aylantirish maqsadiga so‘zsiz" sodiqlikni anglatadi.
Xabar qilinishicha, liboslar va poyabzalni tayyorlashda qo‘llanilmagan mo‘ynalar xayriya kim oshdi savdolariga qo‘yiladi. Tushgan pul hayvonlarni himoya qilish fondlar hisobiga o‘tkaziladi.











