Ta'kidlanishicha, hozircha bo‘ron "Xarvi" va oxirgi vaqt kuzatilgan boshqa dovullar kabi xavfga ega emas.
"Ayni vaqtdagi prognozlar "Ofeliya" quruqlikka xavf tug‘dirmasligini ko‘rsatmoqda", deb aytgan meteorolog Jadson Jons.
AQShning dovullardan ogohlantirish milliy markazining ta'kidlashicha, bo‘ron Azor orollaridan 1384 km uzoqlikda shakllangan. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, kelayotgan juma kuniga "Ofeliya" sekin-asta kuchayib, dovulgacha yetishi mumkin.











