2017 yil fizika sohasidagi Nobel mukofoti LIGO loyihasi, shuningdek gravitatsion to‘lqinlar kuzatuvi uchun Kip Torn, Rayner Vayss va Berri Berrishga topshirildi. 

Berri Berrish gravitatsion to‘lqinlar bo‘yicha yetakchi ekspert va LIGO rahbarlaridan biri hisoblanadi.

Rayner Vayss va Kip Torn esa ushbu loyihaning boshida turishgan va LIGO'da ishlashda davom etishmoqda.

LIGO (Laser Interferometer Gravitational-Wave Observatory) - lazer-interferometrik gravitatsion-to‘lqinli rasadxona AQShda joylashgan.