Jonzot mahalliy fuqaro tomondan aniqlangan.
Filippinlik mutasaddilar bu dengiz jonzotining turini aniqlay olishmayapti, chunki u kuchli chirish bosqichida bo‘lgan.
Bu orada baliqchilik va suv zaxiralari mahalliy byurosi vakili Yulius Alpinoning fikricha, bu jonzot aslida kitdir, biroq buning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isboti mavjud emas.
Jonzotni dengizda cho‘ktirib yuborishga qaror qilingan, chunki uning qoldiqlari odamlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.











