«Messi — futbol Terminatori, uni shunday deb atashga haqimiz bor.

O‘tgan yili «Barselona»ning mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurib, u qanday shug‘ullanishini kuzatgandim. Bu fantastik tajriba bo‘ldi. Yevropa jamoalari juda kuchli, «Barselona» esa — ulardan biri. Madrid klublari ham ancha kuchli. Bu jamoalardagi ko‘plab o‘yinchilar jahonning eng yaxshi sportchilari qatoriga kiradi», - deya Shvartseneggerning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.