Kuni kecha, 21 sentabr kuni S&P agentligi Xitoyning milliy kredit reytingini «A+» darajasigacha pasatirishga qaror qilgan edi. 

«S&P agentligining Xitoy suveren kredit reytingini pasaytirishi xato qaror hisoblanadi», — deyiladi xabarda. 

Vazirlikning uqdirishicha, Pekin ma'muriyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar sababli so‘nggi yillarda mamlakatda barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan S&P qarori Xitoy moliya vazirligini  «tashvishlantiradi».