Quvurni qurish o‘tgan hafta Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida imzolangan energetika sohasidagi hamkorlikning ayrim masalalari bo‘yicha doiraviy kelishuvda nazarda tutilgan.
Kelishuvga muvofiq, yiliga 5 million tonna quvvatga ega Chimkent-Jizzax neft quvuri 2021 yilga kelib foydalanishga topshiriladi.
Bundan tashqari, hujjatga muvofiq, tomonlar neft quvurini qurish va ishga tushirish uchun vakolatli tashkilotlarning rejalarini amalga oshirish maqsadida qulay shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradi.











