«Davlat rahbari O‘zbekistonga davlat tashrifi vaqtida qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazgan jangni tomosha qildi», - deyilgan prezidentning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Suratda Nazarboyevning yonida Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va O‘zbekistondagi elchi Yerik Utembayev ham borligini ko‘rish mumkin.


Golovkin va Alvares o‘rtasidagi jang T-Mobile arenasidagi kechaning asosiy jangi bo‘ldi. 12 raund davom etgan jang yakunida hakamlar durang qayd etishdi. Natijada Golovkinning 37 g‘alabadan iborat g‘alabali seriyasi yakunlanib, u ilk marta durang natijaga rozi bo‘ldi. Shu bilan birga u kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.










