«MXL pozitsiyasini tushunish mushkul. Barcha shunday xulosaga kelishi mumkinki, ular Pekinda 2022 yilda o‘tkaziladigan Olimpiadada ishtirok etishni muhokama qilmoqda. Men MXLdagi ba'zi klublarning rahbarlari o‘z o‘yinchilariga 2018 yilgi Olimpiadada qatnashishga imkon berishlarini xohlayman», - deya Baxning so‘zlarini keltiradi Inside The Games.
4 aprel kuni MXL liga o‘yinchilarining 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashishiga taqiq qo‘yilgani haqida rasman ma'lum qildi.
8 sentabr kuni esa IIHF MXL xokkeychilariga Olimpiada-2018’da tegishli ruxsatnoma olmasdan qatnashishga imkon bermasligi ma'lum bo‘ldi.











