«Barselona» yetakchisi Lionel Messi, agar qandaydir favqulodda holat sodir bo‘lmasa, kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.
26 iyul kuni «Barselona» rasmiy sayti klub Argentina terma jamoasi hujumchisining otasi Xorxe Messi bilan kelishuvga erishgani va ta'tildan so‘ng Messi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishini ma'lum qilgandi. Biroq hozirga qadar Messi shartnoma imzolayotgani yo‘q.
Endilikda Messi bir qarorga kelgan va yangi to‘rt yillik bitimni imzolashga tayyor bo‘lib turibdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga yetadi.











