Portugaliyada «Beshiktosh»ni qabul qilgan «Portu» kutilmaganda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Kiritilgan to‘rttala golga ham turkiyalik futbolchilar mualliflik qildi. Ularning biri avtogolga aylandi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida YeChLda debyut qilgan bundesliga kashfiyoti «Leyptsig» o‘tgan yilgi musobaqa kashfiyoti «Monako» bilan bilan ochkolarni bo‘lishib oldi. Emil Forsberg mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsada, tez orada Yuri Tilemans hisobni tenglashtirib, yakuniy natijani o‘rnatgandi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
G guruhi

RB Leyptsig (Germaniya) – Monako (Monako) 1:1 (1:1)
Gollar:
Forsberg (32) – Tilemans (34).
RB Leyptsig: Gulachi, Orban, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Zabittser, Demme, Ilzanker, Forsberg (Kampl, 63), Poulsen (Ogyusten, 80), Verner.
Monako: Benalo, Jyemerson, Glik, Jorjye, Sidibe (Gezzal, 84), Tilemans, Moutinyu, Diakabi (Keyta, 74), Fabino, Ture, Falkao (Karrilo, 89).
Ogohlantirishlar: Tilemans (10), Demme (26), Xalstenberg (72), Sidibe (81), Jyemerson (87).

Portu (Portugaliya) – Beshiktosh (Turkiya) 1:3 (1:2)
Gollar:
Toshich (21, avtogol) – Taliska (13), To‘sun (28), Babel (86).
Portu: Kasilyas, Felipe, Telles, Rikardu Pereyra, Markano, Korona (Andre Andre, 46), Oliver Torres (Otavio, 46), Marega, Danilu Pereyra (Ernani, 82), Braimi, Soares.
Beshiktosh: Fabrisio, Pepe, Erkin, Adriano (Uysal, 87), Toshich, Xatchinson, O‘zyaqub (Medel, 65), Taliska, Kuarejma (Negredo, 73), Babel, To‘sun.
Ogohlantirishlar: Rikardu Pereyra (11), Erkin (67), Andre Andre (81).