Korporatsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Face ID taqdimot marosimida to‘g‘ri ishlagan. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqarish bo‘yicha Apple vitse-prezidentining smartfonni tezda blokdan yecha olmaganiga xavfsizlik tizimi xususiyatlari sabab bo‘lgan. Foydalanuvchining yuzini tanishga doir ikki muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin smartfon PIN-kod so‘raydi. Touch ID barmoq izlari skaneri faoliyatida ham shunday cheklovlar bor, biroq parolni besh marta nomuvofiqlikdan keyin kiritish kerak bo‘ladi.
"Taqdimot sahnasiga tayyorgarlik vaqtida Phone X qurilmasi Face ID yordamida ishchilarning yuzini aniqlashga harakat qilgan. Bir necha muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin tizim qilishi kerak bo‘lgan ishni qilgan - PIN-kod kiritishni so‘ragan", - deya so‘zlaydi jurnalist Devid Pog Apple xodimlari bilan muloqotdan so‘ng.
Yangi smartfon namoyishi davomida Federigi smartfonni yuz skaneri yordamida blokdan yechishga harakat qilgan. Biroq u birinchi urinishdayoq qurilmaga kirishni amalga oshira olmagan va natijada shoshilinchda telefonni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-munozaralarga va Face ID'ning noto‘g‘ri baholanishiga sabab bo‘ldi.
Apple 12 sentabr kuni yangi Face ID himoya tizimini namoyish qildi. U infraqizil skanerlash usuliga asoslangan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Face ID qorong‘uda va hatto smartfon egasi boshiga qalpoq kiyib olgan taqdirda ham uni taniy oladi.











