Sudning o‘rnatishicha, prezident pora evaziga kompaniyalardan biri foydasiga farmonni imzolaganining isboti mavjudligi tergov boshlashga ijozat beradi. Agar Temerga qarshi ayblovlar isbotlansa, unga impichment xavf soladi.

Ma'lum qilinishicha, tergovni prokuror Rodrigu Jano boshlab va uni 17 sentabrgacha –vakolatlari muddati tugaguncha olib boradi. Bundan keyin uning o‘rnini Temer tomondan tayinlangan prokuror Rakel Doj egallaydi.

Avvalroq Temer unga korrupsiyada qo‘yilayotgan ayblovlarni “bo‘sh” deb atagandi.