Yashil kenglik to‘rt landshaft zonaga ajratilgan: dasht, maysazor, shimoliy landysh, shuningdek turfa xildagi o‘rmon (aralash, ignabargli daraxtlar, qirg‘oq o‘rmoni, qayin bog‘i). Parkda umumiy hisobda 120 turdagi o‘simlik namoyish qilingan. «Zaryade» parki so‘nggi 70 yilda poytaxtning tarixiy markazida qad ko‘targan birinchi eng yirik park bo‘ldi. Parkning umumiy maydoni 10,2 gektarni tashkil qiladi.
Manbaga ko‘ra, bu yakshanba parkka faqat taklifnoma asosida kirish mumkin. 11 sentabrdan esa park darvozalari barcha uchun ochiladi.





















Suratlar manbasi: Artem Sizov/«Gazeta.Ru»










