Atigi 4 kun ichida shaharning ayrim tumanlariga 1,27 metr yomg‘ir yog‘di. 9 kishi halok bo‘lib, minglab insonlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ayni vaqtda Atlantika okeanida paydo bo‘lgan Irma undan ham xavfliroq va dahshatliroq ekani, uning oqibatlari Harvi yetkazganidan ham jiddiyroq bo‘lishi taxmin qilinayapti.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Amerika Xitoy va Hindiston singari tabiiy ofatlar ko‘plab yuz beradigan mintaqa hisoblanadi. Bu uchchala mamlakat suv toshqinlari, to‘fonlar va zilziladan ko‘p talofat ko‘radi.
Umuman, 1970 yildan beri dunyoda tabiiy ofatlar soni 4 martaga oshgan va bir yilda o‘rtacha 400 ga yaqin tabiiy ofat ro‘y beradi. Shu bilan bir vaqtda BMT ular oqibatida halok bo‘lganlar soni kamayib borayotganini ta'kidlaydi. 50 yillar avval tabiiy ofatlardan yiliga 200 mingga yaqin kishining yostig‘i qurigan bo‘lsa, so‘nggi 10 yilda bu raqam taxminan 10 marta kamaydi. Quyidagi jadvalda esa, 1995-2015 yillarda eng ko‘p tabiiy ofat ro‘y bergan hududlar aks etgan.











