«Men qachon hammasi yaxshi amalga oshayotgani, qachon bu ro‘y bermayotganini yaxshi tushunaman. Shunchaki u bu lavozimga yaxshiroq nomzodni izlab ko‘rishi mumkin ekani haqida o‘ylab ko‘rdim», - dedi u.
Heylining so‘zlariga ko‘ra, Tramp bilan bu suhbatdan so‘ng u Nyu-Yorkdan Janubiy Karolinaga kelgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, unga Oq uy apparatining o‘sha paytdagi rahbari Rayns Pribus qo‘ng‘iroq qilgan va BMTdagi doimiy vakil lavozimini egallashni taklif etgan. Heyli bir necha shartlar qo‘ygan holda bunga rozi bo‘lgan. Xususan, u AQSh hukumati va Oq uyning milliy xavfsizlik Kengashi tarkibiga kirishni xohlagan.
Bundan tashqari, u qarorlarni qabul qilishda mustaqil bo‘lishni ham istagan.
«Men soyada qolish yoki shunchaki notiq bo‘lishni xohlamasdim. Men o‘zim o‘ylayotgan narsani gapirishni istadim», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Avvaloq Foreign Policy nashri Nikki Heyli Reks Tillersonni Davlat departamenti rahbari lavozimida almashtirishi mumkin ekani haqida xabar bergandi.











