Bugun tarmoqda paydo bo‘lgan patent chizmalarining ko‘rsatishicha, Samsung'ning yangi qurilmalari ekrani smartfonning eng yuqori burchagiga yaqinlashadi, frontal kamera, dinamika va turli datchiklar uchun ajratilgan kichik o‘ymagina bundan mustasno. O‘yma Essential Phone va iPhone 8 ekranlarini yodga soladi.
Ta'kidlash joizki, patent Janubiy Koreyaga 2016 yilning may oyida, ya'ni ikki boshqa ishlab chiqaruvchining loyihalari haqidagi ma'lumotlar paydo bo‘lishidan ancha oldin sotilgan. Aftidan, "buyuklar" haqiqatan bir xil o‘ylaydigan ko‘rinadi. Zero Essential va Apple bunday xulosaga kelgan yagona kompaniyalar emas.
Umuman olganda, patent kompaniyaning bunday qurilma ishlab chiqarish niyati borligidan dalolat berishi shart emas, chunki ishlab chiqaruvchilar har qanday g‘oyalarga patent berishga o‘rgangan. Shunga qaramay, bunday ekran bilan jihozlangan Samsung smartfoni qanday ko‘rinish olishi qiziq, albatta.










