“RIA Novosti” axborot agentligining ma'lum qilishicha, u Haitida 2015 yil may oyida maxsus xizmatlar tomondan ushlanib, so‘ngra Nyu-Yorkka yetkazilgan.
Avvalroq Loboning meksikalik narkobaron Xoakin Gusman Loera bilan aloqasi bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan. Taxmin qilinishicha, aynan Lobo Kolumbiyadan Gondurasga kokain yetkazib berilishida vositachilik qilgan. U yerdan giyohvand modda Meksikaga va so‘ngra AQShga yetkazilgan.










