Oq uy ma'muriyatining tasdiqlashicha, Tramp Janubiy Koreyada joylashtiriladigan jangovar kallak vazniga doir cheklovni bekor qilgan.
«Prezident Tramp Janubiy Koreyaning o‘z raketalariga o‘rnatiladigan jangovar yuklarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha tashabbusiga rozilik bildirdi», — deyiladi xabarda.
Prezident ma'muriyatining qo‘shimcha qilishicha, «Tramp Janubiy Koreyaning AQShdan bir necha milliard dollarlik qurollar va aslahalar olishini ma'qulladi».
Ikki davlat rahbarlari KXDRning navbatdagi yadro sinovlaridan so‘ng o‘zaro muloqot qilishdi. Pxenyan vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e'lon qildi.











