“Formula-1” poygasida ishtirok etuvchi britaniyalik poygachi Lyuis Hemilton Italiya Gran-prisi saralash bosqichini yutdi. 2- va 3-o‘rinlarni “Red Bull” a'zolari – niderlandiyalik Maks Ferstappen va avstriyalik Daniel Rikkardo egallashdi.
Hemilton ushbu muvaffaqiyati evaziga yutilgan saralash bosqichlari bo‘yicha rekordchiga aylandi. U bunga faoliyatida 69 marta erisha oldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha afsonaviy Mixael Shumaxerdan o‘tib ketdi. Shumaxer hisobida 68 ta g‘alaba bor.











