"24 million tonna mavjud. Uning jadvalini oshkor qilmayman. Bu 24 mln tonnani zavodlar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha qanday taqsimlash — bu Belorus tomoni hal etadigan masala" — degan Dvorkovich. "Qisqasi 24 million yetkazib beriladi. Undan qanday foydalanish Belorussiya tomonining ishi" — deb qo‘shimcha qilgan bosh vazir o‘rinbosari. 

"To‘g‘ri, uncha katta bo‘lmagan cheklanishlar bo‘lishi mumkin. Ammo, ular sezilarli bo‘lmaydi. Biz 24 million tonna uchun jadvalni tayyorlayapmiz" — degan Dvorkovich Rossiya shuncha miqdordagi neftni yil oxiriga qadar yetkazib berishga ulgurishi borasidagi savolga javob berar ekan.