Mettning so‘zlariga ko‘ra, Tramp 1992 yil suratga olingan Al Pachino ishtirokidagi «Ayol ifori» filmida ham suratga tushgan. Ammo so‘nggi montaj paytida u ishtirok etgan lavha asosiy film kadrlaridan olib tashlangan.
«Agar Trampning biror mulkida ishlashni xohlasangiz, avvalo Donaldning o‘ziga rol taklif qilishingiz kerak. Rejissyor Martin Brest o‘sha filmini suratga olish payti bir necha soatlarni Tramp ishtirokidagi lavhani tayyorlashga sarflaydi», deydi aktyor.
Barchaga ma'lum, «Bola uyda yolg‘iz 2» filmida Donald Tramp kichik Kevinga yo‘lni ko‘rsatib yuboradi.












