«Halab viloyati, 1-raqamli keskinlikdan xoli hududdan noqonuniy jinoiy to‘dalarning 120 ishtirokchisi chiqarib olindi. Bu SAR nazorati ostida bo‘lgan hududga Rossiya harbiy politsiyasi hamrohligida amalga oshirildi», - deya ma'lum qilgan manba.

Uning ta'kidlashicha, jangarilar xavfsizlik qo‘mitasiga yo‘naltirilgan, u yerda maxsus komissiya amnistiya masalasini ko‘rib chiqadi.

Avvalroq Suriya armiyasi Halabni IShIDdan butkul ozod qilgani xabar berilgandi.