Tadqiqotchilar hammasi bo‘lib 140 ta shaharni o‘rganib chiqishgan. Ular bu shaharlarda yashashning qulayligini bir qator ko‘rsatkichlar: xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish, ta'lim va infratuzilma bo‘yicha baholashgan.

Joriy yildagi reytingning 2-pog‘onasini Avstriyaning Vena shahri (97,4 ball), 3-pog‘onani esa Kanadaning Vankuver shahri (97,3 ball) egallagan. Ta'kidlash joizki, bu shaharlar o‘tgan yil ham shunday o‘rinlarni egallashgandi.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Kanada va Avstraliyaning yana ikkitadan shahri – mos ravishda, Toronto va Kalgari hamda Adelaida i Petra, Oklend (Yangi Zelandiya), Xelsinki (Finlyandiya) va Gamburg (Germaniya) o‘rin olgan.