«Barselona» hujumchisi Lionel Messi jahon futbolida Madridning «Real» jamoasi bilan kechgan bahslardagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Messi Ispaniya Cuperkubogi uchun o‘tkazilgan bellashuvning ilk uchrashuvida «qaymoqranglilar» darvozasiga o‘zining 24-golini urdi hamda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Atletik»ning afsonaviy forvardi Telma Sarrani ortda qoldirdi. Uchrashuv esa «Real»ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Messi o‘z faoliyati davomida «Real»ga qarshi barcha musobaqalarda 35 o‘yin o‘tkazgan. U madridliklar darvozasini Ispaniya chempionati o‘yinlarida 16 marta aniq nishonga olgan bo‘lsa, Ispaniya superkubogida – 6 va YeChLda – 2 bora gol urgan.











