Mutaxassislarning ta'kidlashicha, qovun tananing barcha to‘qimalarini normal holatda ushlab turishda muhim ahamiyat kasb etuvchi S vitaminiga ega. Shu bilan birga qovunning ko‘plab turlari V guruh vitaminlarga ega bo‘lib, uglevod ishlab chiqarishda yaqindan yordam beradi. Biroq olimlar qovunning yana bir foydali xususiyatini aniqlashdi. Uning tarkibidagi karotinoidlar insonni saraton kasalliklaridan himoyalar ekan. 

Shuningdek antikoagulyant adenozin nomli modda qonni suyultirib, insult va yurak kasalliklari ehtimolini kamaytirishga qodir. Shu bois tibbiyot xodimlari yozgi mavsumda ko‘proq qovun yeyishga chorlashmoqda.