Oziq-ovqat moddalari

Gebriel ishni birinchi navbatda organizmiga nima yetishmasligini aniqlashdan boshladi. Bir necha oddiy testlar va ma'lum bo‘lishicha, tanasi omega-3 yog‘li kislotalari, sifatli oqsillar va vitaminlarga juda muhtoj bo‘lgan. Organizm oziq-ovqatning ko‘pligiga qaramay, kerakli narsani olmagan hamda aynan shuning uchun yana ko‘prog‘ini talab qilgan! Parhezlarga ko‘r-ko‘rona rioya etmang: tashxisdan o‘ting, balki gap aynan shundadir.

Ovqatni hazm qilish muammolari

To‘la kishilarning aksariyatida ichaklar kuchsiz ishlaydi va shuning uchun oziq-ovqatlardan kerakli moddalarni chiqarib olishning imkoni yo‘qroq. Organizm bu holatda tayyor bo‘ladigan yagona narsa – qora kunga atab yog‘ni yig‘ib borishi. Ichaklarni davolang, kefir iching va u yaxshi ishlay boshlaydi. Shirinliklar va jank-fudga bo‘lgan talab ham asta-sekin kamayadi.

Rejim

Rejimning buzilishi stress gormoni, kortizolning ko‘p hajmda ishlab chiqarilishiga olib keladi. Tana kechasi quvvat olmaydi va uni yog‘li taom orqali qondirishga harakat qiladi. Shunchaki o‘zingizni qo‘lga oling va to‘g‘ri rejimni o‘rnating: bu bo‘lmasa istalgan parhez vaqt va kuchni bekorga sarflash bo‘lib chiqadi.

Xotirjamlik

Aynan o‘sha kortizol istalgan stressga javoban ishlab chiqariladi. Eng osoni miyaning o‘ziga dam berish – qandaydir yog‘li taomdan toza glyukoza hajmini olish. Ozishni istaysizmi? Meditatsiya qilishni boshlang. Bu sizga tinchlanishga yordam beradi, demak organizm ham kortizolni ancha kam miqdorda ishlab chiqara boshlaydi.

Zaharli moddalarni chiqarib yuborish

Organizmning yog‘li hujayralarida baribir zaharli moddalar yig‘iladi. Faraz qiling, bu salbiy yog‘li birikmalar asta-sekin harakatga keluvchi bomba bo‘lib, organizmimizni zaharlab boradi. Tozalash kerak: limon sharbatiga ega suv, ko‘katlar, salatlar, ko‘proq biriktiruvchi to‘qimalar – bularning bari samara beradi va muammoni hal qilishga qodir.

Dangasalik bilan kurash

Semizlikdan aziyat chekuvchilarga eng qiyin narsa: men dangasaman va shuning uchun semizman, deb tan olish. Genlar, omadsiz hayot va boshqa bema'ni narsalar haqida gapirish – shunchaki bahonalar. Muammoni tan oling va uning ustida ishlashni boshlang. Tan oling, siz o‘zingiz ustida ishlash uchun juda dangasa bo‘lgansiz, biroq endi o‘zgarishlarga tayyorsiz. Ishoning, bu juda muhim qadam.

Sport

Va nihoyat, sportdan umuman voz kechib bo‘lmaydi. Birinchi haftaning o‘zidayoq marafonni chopib o‘tishga intilmang. Jismoniy yuklamalar asta-sekin nafaqat og‘riq, balki haqiqiy quvonchni ham keltira boshlaydi. Demak, siz shu paytdan boshlab o‘zingizni deyarli sog‘lom, deb o‘ylashingiz mumkin!