Bu haqda adliya vazirligining rasmiy sayti xabar bermoqda.
Adliya vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu buyruq bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, «O‘zagrotexmash» AJ hamda Navoiy, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi jami 29 nafar yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon-martaba darajalari berilgan.










