Ma'lum qilinishicha, guruhga o‘zini kapitan Xuan Kagvaripano deb atovchi odam boshchilik qilmoqda. Uning ta'kidlashicha, "ular Maduroning qirg‘in keltiruvchi zolimligiga qarshi qonuniy isyon ko‘tarishlarini e'lon qilishgan".
"Ta'kidlaymiz, bu to‘ntaruv emas. Bu konstitutsion tartibni tiklashga qaratilgan fuqarolik va harbiy harakatlardir. Yanada ko‘prog‘i – mamlakatni butkul yo‘q bo‘lishdan qutqarish, yoshlarimiz va oilalarimiz o‘ldirilishini to‘xtatishga qaratilgan harakatlardir", deb aytgan isyonchilar boshlig‘i.
Ta'kidlanishicha, Kagvaripano "dissidentlik harakatini qo‘llab-quvvatlagani" uchun 2014 yildan beri qidiruvda qolmoqda.
Associated Press axborot agentligining Venesuelaning hukmron partiyasi vakili Diosdado Kabeloga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, hukumatga moyillik bildiruvchi qo‘shinlar tomondan nazorat qilinuvchi harbiy bazaga terrorchilik hujumi amalga oshirilgan. Bir necha kishi qo‘lga olingan.
Kabeloning aytishicha, harbiylar bazadagi vaziyat ustidan nazoratni tezda qo‘lga olganlar.










