Biroq, AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Parij iqlim kelishuviga keyinchalik qaytishi mumkinligini ma'lum qilgandi.
«1 iyun kuni prezident ma'lum qilganidek, u Parij kelishuviga qaytishi mumkin. Bu AQSh o‘z biznesi, ishchilari, xalqi va soliq to‘lovchilari uchun qulay bo‘lgan sharoitlarni ko‘rsa, ro‘y beradi», - deyiladi Davlat departamenti xabarida.
Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, AQSh iqlim o‘zgarishi muammosiga aloqador bo‘lgan xalqaro anjumanlar va muhokamalarda bundan keyin ham ishtirok etadi.










