Farg‘ona viloyati IIB EKB ga o‘rnatilgan va ishga tushirilgan Namangan viloyati IIB EKB ning bazalarida  yuqorida ko‘rsatilgan o‘g‘rilik jinoyati joyidan olingan qo‘l barmoq izlari kiritilib tekshirilganda, Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi, muqaddam JIB Namangan viloyati sudi tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi, JIB Kosonsoy tumani sudi tomonidan JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan sudlanib, 3 yil sinov muddati berilgan K.Nazirova (ism-sharifi o‘zgartirilgan) barmog‘idan qoldirilganligi aniqlangan. Tergov harakatlari IIB tomonidan olib borilmoqda.