Samarqand shahar hokimi Vohid Rahimovning 21 iyuldagi farmoyishiga ko‘ra, 2017 yil 1 avgust kuni soat 06.00 dan 13.00 gacha shaharning quyidagi ko‘chalarida transport vositalari qatnovi vaqtincha taqiqlanadi:

- Amir Temur ko‘chasining Shoxruh Mirzo ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

-  Universitet xiyoboni ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Orzu Mahmudov ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq qismida (ikki tomonida);

- Shohrux ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Ruhobod ko‘chasida hamda Registon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Lolazor ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek xiyobonidan Haymar ko‘chasigacha bo‘lgan qismida hamda Mirzo Ulug‘bek xiyoboni atrofida;

- Nodirabegim ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Tsiolkovskiy ko‘chasigacha hamda Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan 14-sonli umumta'lim maktabidan keyingi 1-tor ko‘chagacha bo‘lgan qismida;

- Fitrat ko‘chasining Qadoqchilar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Ibn Sino ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (Bulvar-Aeroport yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomon qatnov qismida);

- Dahbed ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ibn Sino ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Gagarin ko‘chasining Al-Xorazmiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (kollej tomon);

- Al-Xorazmiy ko‘chasining 51-umumta'lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

- Farhod ko‘chasining Kiyev ko‘chasi bilan tutashmasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Paxtaobod ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Olimpiya zaxiralari kollejigacha bo‘lgan qismida;

- Mirsaid Baraka ko‘chasining Bahodirxon Abdulg‘oziy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Temur Malik ko‘chasining Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Amir Temur ko‘chasining Isayeva ko‘chasi tutashmasidan Lutfiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Muqimiy va Xo‘ja Ahror Valiy ko‘chalarining G-34 yo‘lidan Termiz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Abdulla Qahhor ko‘chasining Sadriddin Ayniy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan A.To‘qay ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

- Ali Qushchi ko‘chasidan 29-umumta'lim maktabining yoni bilan ko‘pqavatli turar-joy binolariga kiruvchi tor ko‘chada;

- 63-umumta'lim maktabiga asosiy kirish darvozasi oldidan o‘tadigan tor ko‘chada;

- «So‘g‘diyona» istirohat bog‘ining yoni bilan Narpay ko‘chasidan 64-umumta'lim maktabiga kiruvchi tor ko‘chada;

- Ali Qushchi ko‘chasining Samarqand tibbiyot kolleji oldidan o‘tgan qismida;

- Cho‘lpon va Obiddinov ko‘chalarining 18-umumta'lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

- Ibn Xoldun ko‘chasining 48-umumta'lim maktabi hamda Temir yo‘l kolleji oldidan o‘tgan qismida;

- Samiboyev ko‘chasining 52-umumta'lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

- Termiz ko‘chasining 22-umumta'lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

- Amirshohmurod ko‘chasining Panjakent ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdug‘affor Haqqulov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (5-umumta'lim maktabi oldidan o‘tgan qismida);

- Nor Yoqubov ko‘chasining 9-umumta'lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

- Bag‘dod ko‘chasining 42-umumta'lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

- Sartepa maskanida joylashgan 55-umumta'lim maktabi oldidan o‘tgan ko‘chada;

- Turkiston ko‘chasining SamISI 2-son akademik litseyi binosi oldidan o‘tgan qismida;

- Usta U.Jo‘raqulov ko‘chasining Samarqand ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji oldidan o‘tgan qismida.