«Xitoy tomoni Janubiy Koreyada Amerikaning THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimining joylashtirilishiga keskin qarshi chiqadi... Pekin Janubiy Koreya va AQSh Xitoy tomonining manfaatlarini obektiv baholashini istaydi. Ular joylashtirish jarayonini to‘xtatishi hamda tegishli qurilmalarni olib chiqishi kerak», - deya Xitoy TIV bayonotini keltiradi RIA Novosti.
Ta'kidlanishicha, Pekin «Janubiy Koreya tomonining xatti-harakatlaridan juda tashvishda».
Avvalroq Si Tszinpin Amerika RQM tizimi kimlarga tahdid solayotganini aytgandi.











