Ayni vaqtda Chrome va Firefox brauzerlaridagi flash-kontentni qo‘llab-quvvatlash to‘liq to‘xtatilgan. Buning natijasida Flash rolikli saytlarga kirish 2014 yilgi 80 foizlik natijadan joriy 17 foizlik ko‘rsatkichga tushib ketgan. Yana 3 yildan so‘ng, bu raqam 0 ga teng bo‘ladi.
Firefox brauzerining flesh-kontentdan voz kechishiga sabab shundaki, undan foydalanuvchi saytlarning g‘arazgo‘ylar tomonidan buzilish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Google ayni vaqtda o‘zining HTML5 texnologiyasi ustida ishlamoqda. U mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, birmuncha tezroq ishga tushadi va mobil qurilmaning akkumulyatoriga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Adobe Flash tarixga aylanadi
14:06 / 28.07.20179 3091 min
Adobe kompaniyasi statsionar shaxsiy kompyuterlar va noutbuklardagi Flash-pleyerlarni qo‘llab-quvvatlash 2020 yildan barham topishini e'lon qildi.










