OAV tomondan "Mars mustamlakasi" deb atalayotgan majmua Tsinxay viloyati hududidagi cho‘lda barpo etiladi. Olimlarning fikricha, cho‘l landshafti Marsnikiga eng yaqindir.
Baza bir necha modullardan tashkil topadi, unda olimlar nazoratida ko‘ngillilar joylashtiriladi. Missiyaning asosiy vazifalaridan biri 2040 yilga belgilangan Marsga parvoz uchun yaxshi tayyorlanishdan iborat.
Avvalroq Xitoyda yangi missiya ishga tushirilgani ma'lum qilingandi. Unda 4 kishi "Yuegun-1" oy stansiyasini imitatsiya qiluvchi yopiq kapsulada 200 kun ko‘ngilli ravishda o‘tkazadilar.










