Imtihonlarni oshkora va adolat mezonlari asosida tashkil etish uchun barcha auditoriyalarga kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu esa ota-onalar farzandlarini monitor orqali bemalol kuzatib turishini ta'minladi.

Avvalroq universitetda tatbiq etilgan «aqlli texnologiyalar» vositasida boshqa abituriyentning o‘rniga hujjat topshirishga uringan «ziyoli snayperlar» fosh etilgani haqida xabarlar berilgan edi.