Oyog‘i o‘rniga protez o‘rnattirgan futbolchi jamoaning uy stadioni bo‘lmish «Arene Konda»da dastlabki yugurish mashg‘ulotlarini o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 29 noyabr kuni brazil klubi o‘tirgan samolyot Medelin shahri osmonida halokatga uchragandi. Samolyot bortida bo‘lgan 77 nafar yo‘lovchidan faqat 6 nafari, shu jumladan uch nafar futbolchilarning hayotini saqlab qolishning imkoniyati bo‘lgandi. Folmanndan tashqari himoyachi Alan Rushel va Netolar ham falokatdan omon qolishgandi.












