Toshkent shahrida joylashgan «Novza» jome' masjidida katta ko‘lamdagi qurilish ishlari boshlandi.
Qurilish ishlari yakunlangunga qadar masjid faoliyati vaqtinchalikka to‘xtaydi. Endilikda namozxonlardan namoz o‘qish uchun atrofdagi boshqa masjidlarga borish so‘raladi.
Qurbon hayiti kuni hayit namozi o‘qish uchun masjid bir kunga ochiladi.
Imom istovchilarni masjid qurilishiga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

Rejaga ko‘ra, masjid hovlisiga namozxonlar uchun zamonaviy talablar asosida ayvon quriladi. Shuningdek, masjid tahoratxonasini yangidan quriladi.
Qurilish-ta'mirlash ishlari mustaqillikning 26 yilligi arafasida bitkazilishi rejalashtirilgan.











