Vazirlar mahkamasi rahbarining eslatishicha, FH rejimining muddati 19 iyul kuni yakuniga yetadi.

«Hukumat a'zolari milliy xavfsizlik Kengashiga FH rejimi muddatini uzaytirish yuzasidan murojaat bilan chiqish lozim, degan fikrda», - deya ta'kidlab o‘tdi Yildirim. Uning eslatishicha, Turkiyada 3 oylik FH rejimi ilk bora 2016 yilning 21 iyul kuni kiritilgan bo‘lib, bu mamlakatda ro‘y bergan to‘ntarishga urinishdan so‘ng yuz bergandi.

Turkiya bosh vaziri 2016 yilning iyul voqealarini eslar ekan, shunday dedi: «To‘ntarishga urinish kuni oxirigacha borishga qaror qildik, hamda kerak bo‘lganda tahdidni yo‘qotish uchun hayotimizni ham berardik. Bu qaror davlat rahbari bilan muvofiqlashtirilgan. Isyonchilarning rejalari faqatgina bir holatda – prezident va bosh vazir jismonan yo‘q qilingan taqdirda, muvaffaqiyat qozonishi mumkin edi», - deya ta'kidlab o‘tdi Binali Yildirim.