Muqobil energiya manbalaridan foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qurilayotgan ko‘p xonadonli va individual turar joylar, shuningdek ularga yondosh hududlarning loyiha-smeta hujjatlariga tiklanuvchi energiya manbalaridan energiyani saqlovchi texnologiyalar, jumladan, quyosh panellari va batareyalari, suv isitish tizimlari, o‘zimizda ishlab chiqarilgan energiya samaradorligi yuqori isitish qozonxonalarini qo‘shish majburiy qilib belgilanadi.
Tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilishni rag‘batlantirish yuzasidan choralar orasida iste'molchilar — jismoniy shaxslarni mulk solig‘idan, shuningdek, mavjud energiya resurslaridan to‘liq uzilgan muqobil energiya manbalaridan foydalanilganida yer solig‘idan ham ozod qilish nazarda tutilgan.
Shuningdek, ijrochilik ish yurituvidagi qonunchilikni ham takomillagtirish nazarda tutilgan. Qo‘llaniladigan choralar orasida quyidagilar bor:
- Ijro hujjatlarida undiriladigan qarzdorlik paydo bo‘lgan muddatning ko‘rsatilishi;
- Ijro hujjatlarida qayd etilgan talabni o‘z ixtiyori bilan bajarish muddatining 5 kundan 15 kungacha oshirilishi;
- Qaytarilgan ijro hujjatini sud yoki boshqa organ uch ish kunida ijro hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish va umumiy tartibda davlat ijrochisiga qayta jo‘natish tartibi o‘rnatiladi.
Samir Latipov.
Norma.uz







